Tramp Netanyaxuning Turkiyaga F-35 berilishi borasidagi tanqididan norozi bo‘ldi

Dunyo

Turkiyaga AQSHning beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish ehtimoli Vashington va Tel-Aviv o‘rtasida yangi kelishmovchilikka sabab bo‘ldi. Axios nashriga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning ushbu masaladagi tanqidiy bayonotlaridan keskin norozi bo‘lgan.

Tramp Netanyaxuning Turkiyaga F-35 berilishi borasidagi tanqididan norozi bo‘ldi
Nashr Oq uy manbasiga tayanib xabar berishicha, Tramp Netanyaxuning Fox News telekanaliga bergan intervyusida Turkiyaga F-35 berilishiga qarshi chiqqanidan norozi bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, AQSH prezidenti Isroil hukumati rahbari Amerika harbiy-texnik qarorlariga aralashmasligi kerak, deb hisoblaydi.

Avvalroq Netanyaxu bunday yetkazib berish Yaqin Sharqdagi harbiy muvozanatni buzishi mumkinligini aytgandi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa NATO sammitidan so‘ng Tramp F-35 samolyotlarini Turkiyaga yetkazib berish g‘oyasiga ijobiy qarayotganini ma’lum qilgan.

Turkiya 2019-yilda Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimlarini xarid qilgani ortidan F-35 dasturidan chiqarilgan edi. Yakuniy qaror esa hozircha qabul qilinmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing