Tramp po‘lat va alyuminiyga 25% boj joriy qilmoqda

Dunyo

AQSH savdo siyosatida yangi eskalatsiyaga tayyorlanmoqda - dushanbadan po‘lat va alyuminiy importiga 25% bojlar kuchga kiradi. Bu haqda prezident Donald Tramp Air Force One bortida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi. Bundan tashqari, seshanba kuniyoq AQSHning savdo hamkorlariga qarshi "ko‘zgu" bojlari e’lon qilinishi kutilmoqda.

Tramp po‘lat va alyuminiyga 25% boj joriy qilmoqda
Kanada, Meksika, Xitoy va Yevropa Ittifoqi zarba ostida qoladi. Xususan, Tramp Bryusselning Amerika tovarlariga nisbatan "adolatsiz" munosabatidan norozi va javob tarifini joriy qilmoqchi. Kanada va Yevropa Ittifoqi allaqachon keskin javob berishga tayyorligini e’lon qilgan, Meksika hukumati esa yangi tariflarni vaqtincha kechiktirish bo‘yicha kelishib olishga harakat qilmoqda.

Trampning bir-biriga zid bayonotlari AQShning eng yirik metall eksportchilarini xavotirga solmoqda. Kanada alyuminiyning asosiy yetkazib beruvchisi, Meksika esa po‘lat parchalari va qotishmalarini yetkazib berishda muhim rol o‘ynaydi. Bojlarning joriy etilishi hamkorlar tomonidan javob choralari ko‘rilishiga, shuningdek, AQShning o‘zida narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bunday qadamlar Trampning birinchi prezidentlik muddatida ham bo‘lgan. O‘shanda bojlar Amerika metallurgiya korxonalari ish hajmining qisqa muddatli o‘sishiga olib keldi, ammo keyinchalik vaziyat yomonlashdi. Hozir esa proteksionizmning yangi oqimi global savdo mojarosiga olib kelishi mumkin, uning oqibatlari nafaqat AQShga, balki jahon iqtisodiyotiga ham ta’sir qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing