Tramp Putinga Moskvaga zarba berish bilan tahdid qilganini aytdi

Dunyo

Sobiq AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga, agar Rossiya Ukraina bilan bog‘liq harakatlarini to‘xtatmasa, Moskvaga zarba berishini aytgan. Bu haqda u The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Tramp Putinga Moskvaga zarba berish bilan tahdid qilganini aytdi
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Putinga: “Vladimir, agar Ukrainaga hujum qilsang, men Moskvaga shunday zarba beramanki, bunga ishonolmaysan. Biz do‘stmiz, lekin men bunga majburman”, — deb aytgan. Putin esa bunga “No way” (hech qachon) deb javob bergan.

Tramp qo‘shimcha qilganicha, u Putinga zarba oqibatida "sening  binolaring uchib ketadi" degan. U bu suhbat qachon va qayerda bo‘lib o‘tganini aniq ochiqlamagan, lekin ular orasidagi munosabatlarni yaxshi deb ta’riflagan.

Shuningdek, Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan bo‘lgan suhbatini ham yodga olgan. U 2017-yilda Floridadagi Mar-a-Lago rezidensiyasida mehmon bo‘lganda, Tramp unga AQShning Suriya hududiga zarba berganini aytgan. Si bunga tinch va tushunarli javob bergan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing