Tramp tanish-bilish va qarindoshlardan iborat “hukumatini” tuzishni davom etyapti
Dunyo
AQSHning 47-prezidenti Donald Tramp oʻzining qudasi Massad Bulosni Yaqin Sharq masalalari boʻyicha maslahatchi etib tayinlaganini faxr bilan eʼlon qildi.
Milliarder tadbirkor Massad Bulos Oq uyning Arab va Yaqin Sharq masalalari boʻyicha katta maslahatchisi lavozimini egallaydi. Tramp uning mohir huquqshunos va xalqaro maydonda katta tajribaga ega, biznes olamida obroʻli yetakchi hisoblanadi, deb yozadi Truth Social platformasidagi shaxsiy sahifasida.
“U uzoq vaqtdan beri respublikachilar va konservativ qadriyatlar tarafdori boʻlib, mening kampaniyamning nodir aʼzosi boʻlib kelgan va Arab Amerika hamjamiyati bilan ulkan yangi koalitsiyalar qurishda muhim rol oʻynagan.
Massad savdogar va Yaqin Sharqdagi TINCHLIKning sobit tarafdoridir. U Amerika Qoʻshma Shtatlari va uning manfaatlari uchun kuchli himoyachi boʻladi va men uni jamoamizda ishtirok etganidan mamnunman!”, deya Donald Tramp oʻz qarorini izohlagan.
Massad Bulos Trampning kuyovi Maykl Bulosning otasi. U asli Livanlik boʻlib, hozirda Nigeriyada joylashgan Boules Enterprises kompaniyasini boshqaradi. Mazkur kompaniya mexanik uskunalar va mototsikllarni ishlab chiqarish va tarqatish bilan shugʻullanadi.

Powered by Froala Editor