Tramp Yevropa Ittifoqi bilan savdo bitimi tuzganini e’lon qildi
Iqtisodiyot
AQSh va Yevropa Ittifoqi 27-iyul kuni tarixiy savdo kelishuvi imzoladi. AQSh Yevropadan import qilinadigan ko‘p mahsulotlarga 15% boj solig‘i joriy etdi — bu ilgari e’lon qilingan 30% dan ikki baravar past. Evropa esa AQShga $600 milliard investitsiya kiritish va AQSh energiyasi hamda qurol-aslaha xaridlarini oshirishga rozi bo‘ldi.
Kelishuv AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan Shotlandiyadagi Turnberri shahrida e’lon qilindi. Tramp bu bitimni “eng yirik savdo kelishuvi” deb atadi, shuningdek, Yaponiyadan keyin Yevropa bilan shartnoma imzolanishini transatlantik hamkorlik uchun muhim qadam sifatida ta’kidladi.
Kelishuvga ko‘ra, boj solig‘i avtomobillar, farmatsevtika, yarim o‘tkazgichlar va boshqa mahsulotlarga nisbatan amal qiladi. Biroq samolyotlar, ayrim kimyoviy moddalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va muhim xom ashyo tovarlari bundan mustasno bo‘ladi.
Shu bilan birga, Yevropadan keltiriladigan po‘lat va alyuminiyga nisbatan 50% boj solig‘i kuchda qoladi. Fon der Lyayen bu soliq kvota tizimiga almashtirilishi mumkinligini bildirdi.
Germaniya kansleri Fridrix Merts bu kelishuv Germaniya eksport iqtisodiyotini muhim talafotdan saqlab qolganini aytdi. Ayniqsa, Mercedes, BMW va VW kabi avtomobil kompaniyalari yengillikdan foyda ko‘radi.
Yevroparlament savdo qo‘mitasi raisi Bernd Lange esa bu kelishuv Yevropa manfaatlariga to‘la mos emasligini ta’kidladi va AQShga kiritiladigan katta miqdordagi investitsiyalar Yevropa iqtisodiyoti uchun xavf solishini aytdi.
AQSh rasmiylari Yevropa avtomobillari va ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan no-boj to‘siqlarni kamaytirishga rozi bo‘lganini bildirdi, lekin bu boradagi tafsilotlar hali muhokama qilinmoqda.

Powered by Froala Editor