Trump va Netanyahu G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini kelishib oldi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Trump va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azo sektoridagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha tinchlik rejasini e’lon qildi. Oq uyda bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida Trump «kelishuv juda yaqin» ekanini ta’kidladi va bugungi kunni «tinchlik uchun tarixiy» deb atadi.
Amerikalik lider Netanyahu’ni «jangchi» deb atab, yangi rejani qabul qilishga tayyorligi uchun minnatdorchilik bildirdi hamda AQSh tomonidan to‘liq yordam va’da qildi.
Oq uy tomonidan e’lon qilingan 21 bandli hujjatda G‘azoni «terror va radikalizmga xoli hudud»ga aylantirish, to‘liq demilitarizatsiya qilish, HAMAS tunnellari va infratuzilmasini yo‘q qilish, mahalliy politsiyani tayyorlash ko‘zda tutilgan. Rejaga ko‘ra, Isroil mudofaa armiyasi bosqichma-bosqich qo‘shinlarini hududdan olib chiqishi lozim.
Trump shuningdek, bu jarayonga Yevropa ittifoqchilari bilan bir qatorda, bir nechta arab va musulmon davlatlari ham jalb etilganini va ular G‘azoning demilitarizatsiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Powered by Froala Editor