TTPUda “Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasi” forumi o‘tkazildi
O'zbekiston
2024-yil 27-iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Rossiyaning sanoat sohasidagi yirik “Robototexnika va aqlli boshqaruv tizimlari” konsorsiumi ishtirokida “Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasi” nomli forum tashkil etildi. Bu haqda TTPU matbuot xizmati xabar berdi.
Forumda Rossiyaning 10 ga yaqin yirik korxonalari o‘zlarining ta’lim tizimi va sanoat korxonalari uchun zamonaviy robotlashtirish, raqamli egizak, 3D modellashtirish va VR/AR texnologiyalari yo‘nalishidagi taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
Forum davomida mazkur kompaniyalarning oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi, jumladan, axborot modellashtirish yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning 26–27-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha turli sohalarda xususan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ilg‘or Rossiya tajribasi asosida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda texnologiyalarni transfer qilish bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolanib, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) 2009-yil 27-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27 apreldagi PP 1106 – sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta-maxsus Ta’lim vazirligi, O‘zavtosanoat OAJ hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) bilan hamkorlikdagi 2009-yil 10-yanvardagi uch tomonlama Shartnomaga muvofiq avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika sanoati, arxitektura sohasidagi tashkilot va korxonalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Powered by Froala Editor