Tuproqqal’a tumanida quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida 29-fevral kuni quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar berdi.
Ushbu loyiha orqali 76 million metr kub tabiiy gaz tejaladi, atmosferaga 106 ming tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi.
“Barchangizni nafaqat Xorazm viloyati, balki butun mamlakatimiz iqtisodiyotiga yangi ruh va nafas olib kiradigan mana shunday yangi quvvatlar bilan tabriklayman”, – dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro, Jizzax, Qashqdaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 2,6 Gigavatt bo‘lgan 9 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulangan edi.

Powered by Froala Editor