Turkiy tilli davlatlar axborot agentliklari alyansi tashkil etildi

Dunyo

Alyans turkiy dunyoning mushtarak merosi va madaniyatini asrab-avaylash va ommalashtirishni maqsad qilgan. Alyans kecha Istanbulda “Mediada birlik va kelajakka qarash” mavzusidagi sammitda tashkil etildi.

Turkiy tilli davlatlar axborot agentliklari alyansi tashkil etildi
Kecha Istanbulda “Mediada birlik va kelajakka qarash” mavzusida tashkil etilgan turkiy tilli davlatlar media sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiy tillar axborot agentliklarining alyansi tashkil etildi.

Alyans turkiy dunyoning mushtarak merosi va madaniyatini asrab-avaylash va ommalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Hujjatni O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston davlat media tuzilmalari rahbarlari imzoladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing