«Ukraina NATOdan tashqarida qolishi kerakligiga rostdan ham ishonasizmi?» — Zelenskiy

Dunyo

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy NATO sammiti doirasidagi mudofaa sanoati forumida mamlakatning harbiy imkoniyatlari uning alyansga a’zoligi haqidagi munozaralarda muhim dalil bo‘lishi kerakligini bildirdi.

«Ukraina NATOdan tashqarida qolishi kerakligiga rostdan ham ishonasizmi?» — Zelenskiy
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina havo mudofaasi tizimlari Shahed turidagi dronlarning 90 foizdan ortig‘ini yo‘q qilmoqda. U, shuningdek, milliy dron sanoatining jadal rivojlanishi va Rossiya hududidagi obyektlarga uzoq masofali zarbalar berish imkoniyatlarini ta’kidladi.

«Shunday mudofaa imkoniyatlariga ega mamlakat alyansdan tashqarida qolishi kerakligiga rostdan ham ishonasizmi?» — dedi Zelenskiy forum ishtirokchilariga. Uning fikricha, Ukraina NATO tarkibida «favqulodda mudofaa imkoniyatlari» manbaiga aylanishi mumkin.

Prezident hamkorlarga Ukraina dron tizimlarini olish imkonini beruvchi Drone Deal tashabbusini ham tilga oldi.

Zelenskiy Rossiyaning asosiy ustunligi sifatida ballistik raketalarni ko‘rsatib, Yevropani raketaga qarshi mudofaani kuchaytirishga chaqirdi. U Kiyev uchun asosiy ustuvor vazifa havo mudofaasi raketalari ekanini ta’kidladi: «Qolganini o‘zimiz qila olamiz».

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing