O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi kelajagi bo‘yicha global muloqotni boshladi
O'zbekiston
O‘zbekiston xalqaro gumanitar diplomatiyaning muhim maydonlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda. 7-iyul kuni Islom sivilizatsiyasi markazida «Tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li» I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ish boshladi. Tadbir 40 dan ortiq davlatdan yuzlab olimlar, diniy arboblar, davlat va jamoat vakillari hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlarini birlashtirdi.
Forum islom sivilizatsiyasining ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish va yangicha anglash, uni zamonaviy global kun tartibiga integratsiya qilish hamda turli davlatlarning ilmiy, madaniy va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi xalqaro platformaga aylandi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi, mamlakatning yetakchi diniy, ilmiy va ta’lim muassasalari hamda Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti — ICESCO hamkorligida tashkil etildi.
Forumning asosiy vazifalaridan biri bilim, ma’rifat va insonparvarlikka asoslangan islom sivilizatsiyasining asl mohiyatini xalqaro jamoatchilikka keng namoyish etishdir. Muhokamalar markazida qo‘lyozma merosini asrash va raqamlashtirish, fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish hamda madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash masalalari ham turibdi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Xayriddin Sultonov Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi. Davlat rahbari bugungi kunda insoniyat misli ko‘rilmagan ilmiy-texnologik taraqqiyot bilan bir qatorda mojarolar, o‘zaro ishonchsizlik, murosasizlik, ekstremizm va islomofobiya ko‘rinishlariga duch kelayotganini ta’kidladi.
Bunday sharoitda ilm-fan, ta’lim, madaniyat va yuksak axloqiy qadriyatlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Prezident O‘zbekiston tomonidan 2017-yilda BMT minbaridan ilgari surilgan «Jaholatga qarshi ma’rifat» konseptual g‘oyasini eslatdi. Mazkur tamoyil bilim va tarbiyani tinchlik, jamiyatdagi totuvlik hamda barqaror rivojlanishning mustahkam asosi sifatida belgilaydi.
Murojaatda Movarounnahrning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi alohida qayd etildi. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi umuminsoniy intellektual merosning ajralmas qismi ekani ta’kidlandi.
Prezident Yangi O‘zbekiston ilm-fan, innovatsiyalar, zamonaviy ta’lim va tarixiy merosni chuqur o‘rganishni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishning asosiy omillari sifatida ko‘rishini bildirdi. Shu bois islom sivilizatsiyasi merosini asrash, o‘rganish va keng targ‘ib etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Forumda ICESCO bosh direktori Salim al-Malik, Jahon musulmonlar ligasi bosh kotibi Muhammad al-Issa, Iordaniya shahzodasi Hasan bin Talal, Rossiya Federatsiyasi Musulmonlari diniy boshqarmasi raisi muftiy Ravil Gaynutdin, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, TURKSOY bosh kotibi Sultan Rayev va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etmoqda.
ICESCO bosh direktori Salim al-Malik O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan gumanitar islohotlar, tarixiy merosni asrash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatiga yuqori baho berdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot hamda tashqi siyosatdagi yutuqlari xalqaro miqyosda keng e’tirof etilmoqda.
Forum ishtirokchilariga Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tabrik murojaati ham o‘qib eshittirildi. U forumni tinchlik, muloqot va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tashabbus deb atadi. Murojaatda islomofobiya kuchayayotgan bir sharoitda islomning asl insonparvarlik mohiyatini xalqaro maydonda xolis namoyish etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Forum davomida Samarqand, Buxoro, Termiz va Xivaning jahon ilm-fani va madaniyati tarixidagi o‘rni alohida qayd etildi. O‘zbekistonda qo‘lyozma merosini raqamlashtirish, tarixiy yodgorliklarni asrash va akademik tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
Islom sivilizatsiyasi markazi butun dunyodan olimlar, tadqiqotchilar, diniy arboblar va mutaxassislarni birlashtiruvchi ochiq intellektual makon sifatida qaralmoqda. Uning vazifasi tarixiy merosni zamonaviy ilmiy yutuqlar bilan bog‘lash va xalqaro hamkorlikning barqaror mexanizmlarini shakllantirishdan iborat.
Forum 11-iyulgacha davom etadi. Samarqand va Termiz shaharlarida islom olamining buyuk allomalari merosiga bag‘ishlangan to‘rtta xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.
Forum yakunlari islom sivilizatsiyasi va buyuk ajdodlar merosiga bag‘ishlangan maxsus taqdimotlarga tayyorgarlikning muhim qismiga aylanadi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ushbu tadbirlar Nyu-York va Jenevadagi BMT qarorgohlarida hamda Parijdagi UNESCO bosh qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ilmiy hamkorlik va madaniy diplomatiya uchun yangi platformani shakllantirmoqda. O‘zbekistonda boshlangan global muloqot mintaqaning boy ilmiy va ma’naviy merosini jahon akademik makoniga integratsiya qilish hamda bilim, insonparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillari asosida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor