Sietlda rasmiy «O‘zbek mahallasi» tashkil etildi
O'zbekiston
AQShning Vashington shtatidagi o‘zbeklar jamoasi vatandoshlarni birlashtirishga qaratilgan yangi rasmiy maydonga ega bo‘ldi. O‘zbekistondan chiqqan yurtdoshlar tashabbusi bilan «O‘zbek mahallasi» jamoat birlashmasi tashkil etilib, shtat hukumati tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi.
«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, tashkilotning rasman tan olinishi Sietldagi o‘zbek diasporasi hayotida muhim voqea bo‘ldi. Bugungi kunda Vashington shtatida O‘zbekistondan chiqqan 3 mingdan ortiq kishi istiqomat qiladi. Ularning aksariyati texnologiya, muhandislik, aviatsiya, tibbiyot va tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritadi.
AQSh davlat boshqaruvi tizimida 15 yillik tajribaga ega Musa Xolmurodov birlashma raisi etib tayinlandi.
«O‘zbek mahallasi» vatandoshlarni birlashtirish, milliy bayramlar va madaniy tadbirlarni tashkil etish, AQShga yaqinda kelgan O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Yosh avlod orasida ona tili, milliy an’analar va madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash tashkilotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.

Powered by Froala Editor