Turkiya Iroq va Suriyada havo hujumlarini amalga oshirdi
Dunyo
Turkiya qurolli kuchlari 23-oktabr kuni Anqarada joylashgan Turkish Aerospace shtab-kvartirasiga uyushtirilgan hujumga javoban Iroq va Suriyadagi Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) bilan bog‘liq ob'ektlarga havo hujumlari uyushtirdi.
Turkiya rasmiylariga ko‘ra, PKK jangarilari ushbu terakt uchun javobgar hisoblanadi. Hujum natijasida Turkish Aerospace kompaniyasining to‘rt xodimi va bir taksi haydovchisi halok bo‘lgan, 22 kishi jarohatlangan. Hujumchilar esa yo‘q qilingan.
PKK ko‘p marotaba Turkiyada sodir etilgan hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Tashkilot Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan.
PKK ko‘p marotaba Turkiyada sodir etilgan hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Tashkilot Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan.
Powered by Froala Editor