Turkiya Putinning yaqin oradagi tashrifini tasdiqladi

Siyosat

Turkiya tashqi ishlar vaziri Turkiya va Rossiya oʻrtasida koʻplab umumiy mavzular mavjudligini va ular boʻyicha pozitsiyalarni muntazam muvofiqlashtirish zarurligini taʼkidladi.

Turkiya Putinning yaqin oradagi tashrifini tasdiqladi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan yaqin orada Vladimir Putinning mamlakatga kelishi kutilayotganini aytdi. U Qora dengiz, g‘alla, Ukraina va boshqa ikki tomonlama masalalar kabi turli mavzularda muloqotni davom ettirish har ikki davlat uchun muhim ekanini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezident Putinning Turkiyaga bo‘lajak tashrifi chog‘ida Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi savdo aloqalarining barcha jihatlari muhokama qilinishini ma’lum qildi.

Avvalroq Turkiya prezidenti maʼmuriyati vakili Rossiya tomonidan taklif etilgan Turkiyadagi gaz xabi loyihasi boʻyicha yoʻl xaritasi Prezident Putinning respublikaga rejalashtirilgan tashrifi chogʻida koʻrib chiqilishi haqida xabar bergan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing