Turkiya turkiy davlatlar fuqarolariga erkin ishlashga ruxsat berdi
Dunyo
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlar fuqarolari uchun mehnat imkoniyatlarini kengaytiruvchi tarixiy farmonni imzoladi. Hujjat rasmiy nashr _Resmî Gazete_da e’lon qilinib, kuchga kirdi.
Endilikda turkiy mamlakatlar fuqarolari Turkiyada davlat va xususiy sektorda ishlash, hunarmandchilik va professional faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Ruxsatnoma olish uchun yashash guvohnomasi bo‘lishi, mamlakat xavfsizligiga tahdid solmaslik, diplomni tasdiqlash va turkiy jamoaga mansublik talab etiladi.
Bu qadam turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, birodarlik g‘oyalarini amalda ro‘yobga chiqarayotgan harakat sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor