Turkiyada VI Xalqaro etnosport festivali boshlandi
Sport
Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida VI Xalqaro etnosport festival boshlandi, deb yozmoqda O‘zbekiston Sport vazirligining matbuot xizmati.
Butunjahon etnosport konfederatsiyasi tomonidan oltinchi marta o’tkazilayotgan tadbir Otaturk aeroportida bo‘lib o‘tmoqda. Festivaldan ko‘zlangan maqsad — an’anaviy sport turlari va o‘yinlarini qayta tiklash. 30 davlatdan vakillar ishtirok etadigan festival 9-iyunga qadar davom etadi.
Festival dasturi barcha yoshdagi mehmonlarni qiziqtiradigan tadbirlarni o'z ichiga oladi. Ot sporti va kurashlar, sahna ko‘rinishlari, konsertlar, chavandozlar va kamonchilarning chiqishlari shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, festival doirasida mehmonlarga unutilmas taassurot qoldiradigan Qorabog' tulporlarining chiqishlari bo'lib o'tadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov Butunjahon etnosport konfederatsiyasi bosh kotibi, Turkiyaning amaldagi prezidentining o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

Powered by Froala Editor