Turkiyalik top-menejer “Yangi Toshkent” aeroporti loyihasiga rahbar bo‘ldi

O'zbekiston

“Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti qurilishi loyihasiga aviatsiya infratuzilmasi sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan turkiyalik mutaxassis Birk Albayrak jalb etildi.

Turkiyalik top-menejer “Yangi Toshkent” aeroporti loyihasiga rahbar bo‘ldi
“Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti qurilishi bo‘yicha loyiha ofisining bosh menejeri etib Turkiya fuqarosi Birk Albayrak tayinlandi. Bu haqda u LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

Albayrak ilgari Istanbuldagi Sabiha Gökchen xalqaro aeroportining bosh direktori lavozimida ishlagan. Shuningdek, u qiymati 5,5 milliard dollar bo‘lgan Quvayt yangi aeroporti qurilishi loyihasida loyiha direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda. Xususiy sheriklar qatoriga Vision Invest (Saudiya Arabistoni), Sojitz (Yaponiya) va Incheon International Airport Corporation (Janubiy Koreya) kiradi.

Aeroport Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Quyichirchiq tumanlarida, 1300 gektar maydonda barpo etiladi. Qurilish ishlari 2025 yil oktyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan boshlab berilgan.

To‘liq ishga tushirilgach, aeroport yiliga 20 million yo‘lovchi va 129 ming tonna yukka xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda Toshkent shahri bilan tezkor transport aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing