Turkiyaning milliy aloqa sun'iy yo'ldoshi Türksat 6A koinotga uchirildi

Dunyo

Turk muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan birinchi sun'iy yo'ldosh Türksat 6A SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi bilan 40 uchirish majmuasidan turk vaqti bilan soat 02:30 da fazoga jo'natildi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.

Turkiyaning milliy aloqa sun'iy yo'ldoshi Türksat 6A koinotga uchirildi
Turkiyaning Türksat 6A aloqa sun’iy yo‘ldoshi, Turkiya vaqti bilan soat 02.30 da Floridadagi Kanaveral burnidagi AQSh havo kuchlari stansiyasidan uchirildi.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir necha marta ortga surilgan uchirish operatsiyasi xavfsiz tarzda yakunlandi.

Türksat 6A Yerdan 35 786 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 20 ta Ku-diapazonli uzatgich yordamida xizmat ko‘rsatadi. 8,4 kilovatt quvvatga ega va 4229 kilogramm og'irlikdagi Türksat 6A Hindiston, Tailand, Malayziya va Indoneziya hududlariga xizmat qiladi.

Mazkur sun'iy yo'ldosh ishga tushirilgach, Turkiya o'zining aloqa sun'iy yo'ldoshlari bilan dunyo aholisining 65 foizdan ortig'ini qamrab oladi. Turk sun’iy yo‘ldoshlari qamrab olgan aholi soni 3,5 milliarddan 5 milliarddan oshadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing