Uchta tumanda maishiy chiqindilar bo‘yicha xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi
O'zbekiston
Toshkent shahri, Buxoro hamda Namangan viloyatlarida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi
Yana uch hududda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
• Toshkent shahri bo‘yicha aholi uchun 7500 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 tonna uchun (QQSsiz) 188 ming 808 so‘m va 1 m³ uchun (QQSsiz) 89 ming 977 so‘m to‘lov miqdori belgilandi.
• Buxoro viloyatida esa aholi uchun shaharlarda 1 kishiga oylik 5000 so‘m, tumanlarda 4000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 tonna uchun (QQSsiz) shaharlarda 186 ming so‘m, tumanlarda 160 ming so‘m va 1 m³ uchun (QQSsiz) shaharlarda 83 ming so‘m, tumanlarda 71 ming so‘m to‘lov miqdori etib belgilanishi maʼqullandi.
• Namangan viloyati bo‘yicha aholi uchun 5000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQSsiz) 50 ming so‘m to‘lov miqdori belgilandi.

Powered by Froala Editor