Ukraina AQShdan Rossiya hududiga zarba berish taqiqini bekor qilishni talab qildi
Dunyo
Ukraina Rossiya armiyasining Xarkov viloyatida oldinga siljishi fonida AQShdan Amerika qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berishni talab qildi. Bu haqda Politico gazetasi Ukraina rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda bir guruh ukrainalik amaldorlar Kongressdan yordam so'rash va prezident Bayden ma'muriyatini taqiqni bekor qilishga ko’ndirish uchun Vashingtonda. Nashrning yozishicha, Ukraina qurolli kuchlarining maqsadi Xarkov viloyatidagi Rossiya qurolli kuchlarining oldinga siljishini ortga qaytarish uchun Rossiya harbiy omborlariga zarba berishdir.
Ikki AQSh rasmiysi Politico nashriga Oq uy siyosati o‘zgarmaganini va yetkazib berilgan qurollar “Rossiya hududidagi hujum operatsiyalari uchun emas, balki faqat mudofaa uchun” mo‘ljallanganligini aytdi. Bundan tashqari, nashrning yozishicha, ukrainalik vakillar aynan Bayden maʼmuriyatining siyosati Kiyevni Rossiya pozitsiyalariga hujum qilishdan toʻxtatib turibdi.
Gazetaning ta'kidlashicha, Ukraina bir necha oy davomida Rossiya hududiga zarba berib, neft obyektlariga hujum qilish uchun o'zining kichik dronlaridan foydalangan, ammo Kievdagi rasmiylar chegara bo'ylab Rossiya havo mudofaasini yorib o'tish uchun ularga yanada kuchli AQSh raketalari kerakligini ta'kidlamoqda.
O‘tgan hafta Rossiya Mudofaa vazirligi Xarkov viloyatidagi to‘qqizta aholi punkti nazorat ostiga olingani haqida xabar bergan edi. 12-may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rus qo‘shinlarining Xarkov yo‘nalishida oldinga siljishini tasdiqladi. U Xarkovda shiddatli janglar boʻlib, “kulrang zonadan jangovar hududga aylangan” qishloqlar borligini aytgandi. 13-may kuni Ukraina Qurolli kuchlari zaxiralarni Xarkov viloyatiga o‘tkazishni ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor