Ukraina bo'yicha tinchlik sammitining natijalari qanday?

Siyosat

Ukrainani 100ta delegatsiya qo‘llab-quvvatladi, biroq Rossiya bilan tinchlik muzokaralari istiqbollari noaniqligicha qolmoqda.

Ukraina bo'yicha tinchlik sammitining natijalari qanday?
Ukraina tashabbusi bilan 15–16-iyun kunlari Shveytsariyada o'tkazilgan tinchlik sammiti 100ga yaqin davlat va tashkilot delegatsiyasining e'tiborini tortdi. 78 davlat tomonidan imzolangan yakuniy kommyunike yadroviy va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, barcha harbiy asirlar va o'g'irlangan bolalarni qaytarish talablarini o'z ichiga oladi.

Germaniyaning Spiegel nashri sammit hech bo’lmaganda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda muhim voqea bo‘lganini qayd etmoqda. Spiegel 100 dan ortiq delegatsiyalarning ishtirokini Ukraina bilan birdamlik nuqtai nazaridan muvaffaqiyat deb hisoblash mumkinligini ta’kidlamoqda. Biroq tinchlik muzokaralarini boshlash istiqbollari noaniqligicha qolmoqda. Tinchlik jarayonining kelajagi mojaroning yanada rivojlanishi va har ikki tomonning harakatlariga bog'liq.

Navbatdagi sammitda, ehtimol Rossiya ham ishtirok etishi muhokama qilinmoqda, biroq joriy sammitning yakuniy kommyunikesida bunday uchrashuv haqida hech narsa aytilmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing