Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni qachon boshlashini ma'lum qildi
Dunyo
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Rossiya bilan urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar qachon boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqida “Suspline Lvov” nashri xabar berdi.
Yermakning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarni boshlash uchun Rossiya urushni davom ettirishga yordam beradigan resurslardan mahrum bo‘lishi kerak.
“Men yana bir bor ta’kidlayman, ular (ittifoqchilar) faqat kuchlilarga yordam beradi, shuning uchun kuchli bo‘lish kerak. Barqaror tinchlik bo‘yicha haqiqiy muzokaralar dushmanning urushni davom ettirish uchun resurslari tugagandagina boshlanadi, shu bois oldinda juda ko‘p ish bor” deya fikrini bildirgan.
Andrey Yermak 24-oktyabr kuni prezident Vladimir Zelenskiy g‘alaba rejasi taqdim etilganini eslatdi. Mazkur hujjat xalqaro hamkorlarga qaratilgan bo‘lib, mamlakatning pozitsiyasi va urushni tugatishning real mexanizmlarini belgilab beradi.
Natijalar ko‘p jihatdan bizning asosiy hamkorlarimiz: AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Daniya, Polsha, Norvegiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning pozitsiyasiga bog‘liq”, deya taʼkidladi Ukraina prezidenti ofisi rahbari.
Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan keng ko‘lamli urush 1028 kundan buyon davom etmoqda. Kiyev uchun qariyb 1200 kilometrga cho‘zilgan front, ayniqsa Pokrovsk yo‘nalishidagi vaziyat og‘irligicha qolyapti. Ukraina armiyasi Donetsk viloyatidagi eng so‘nggi sanoat markazini tashlab chiqishi mumkin.

Powered by Froala Editor