Ursula fon der Leyen Yevropa Komissiyasi raisligiga qayta saylandi

Dunyo

65 yoshli nemis siyosatchisi 401 ovoz to‘plab Yevrokomissiya raisligi uchun bo’lib o’tgan saylovda g’alabaga erishdi.

Ursula fon der Leyen Yevropa Komissiyasi raisligiga qayta saylandi
Ursula fon der Leyen Yevropa Ittifoqining ijroiya organi bo‘lgan Yevrokomissiya prezidenti sifatida ikkinchi muddatga qonun chiqaruvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

720 deputatdan iborat Yevropa parlamenti uning nomzodini 401-284 ovoz bilan tasdiqlagan. 15 kishi betaraf qolgan bo’lsa, yana yetti nafar deputat ovoz bermagan.

65 yoshli konservativ siyosatchi ilk marta 2019-yilning 1-dekabrida Yevrokomissiya prezidenti lavozimida ish boshlagan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing