UzAuto Motors yangi Chevrolet ’ni taqdim etadi
O'zbekiston
UzAuto Motors 25-avgust kuni yangi Chevrolet modelini taqdim etishini ma’lum qildi. Mutaxassislar bu avtomobil Chevrolet Tahoe 2025 bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
UzAuto Motors o‘zining Telegram-kanalida yangi Chevrolet modeli haqida teaser e’lon qildi. Taqdimot 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
E’lon qilingan xabarda shunday deyiladi: «Kuch va hashamatning yangi darajasi yaqinlashmoqda. Uning siluetida — qudrat, texnologiyalar va mukammal dizayn. Bu shunchaki avtomobil emas — bu yangi tajriba, yangi hayot ritmi».
Kompaniya hozircha tafsilotlarni oshkor qilmagan bo‘lsa-da, «Avstrostrada» nashri bu Chevrolet Tahoe 2025 bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Chevrolet Uzbekistan saytida ham aynan Tahoe RST komplektatsiyasida taqdim etilgan bo‘lib, uning boshlang‘ich narxi 1,1 mlrd so‘m (taxminan $88,9 ming) etib belgilangan.
Tahoe 2025 5,3 litrli V8 benzin dvigateli (343 ot kuchi), 10 bosqichli avtomat transmissiya bilan jihozlangan bo‘lib, 100 km uchun o‘rtacha 12,6 litr yoqilg‘i sarflaydi.

Powered by Froala Editor