Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

O'zbekiston

Qurbon hayit bayrami munosabati bilan, respublika ichidagi aviayo‘nalishlarga bo‘lgan talab va qiziqishni inobatga olib, Uzbekistan Airways qo‘shimcha aviaqatnovlarni joriy qilinmoqda. Bu haqda aviatashuvchining matbuot xizmati xabar berdi.

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Uzbekistan Airways quyidagi sanalarda qo‘shimcha reyslarni joriy qiladi:

Toshkent - Namangan - Toshkent – 15-iyun;

Toshkent - Buxoro - Toshkent – 15, 17, 18-iyun kunlari;

Toshkent - Termiz - Toshkent – 15, 16, 17, 18-iyun kunlari;

Toshkent - Samarqand - Toshkent – 16-iyun kunlari;

Toshkent - Urganch - Toshkent – 16, 18-iyun kunlari;

Toshkent - Farg‘ona - Toshkent – 17-iyun kunlari.

Parvoz jadvalini bilan tanishish va aviachiptalarni aviakompaniya saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlarida sotib olish mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing