Oʻzbekiston prezidenti Qirgʻizistonga yordam koʻrsatish boʻyicha topshiriq berdi

Siyosat

Oʻzbekiston tomoni Bishkekdagi IESda yuz bergan avariya sabab Andijondan Oʻsh shahriga suyultirilgan gaz ballonlari yuborilishini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston prezidenti Qirgʻizistonga yordam koʻrsatish boʻyicha topshiriq berdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qirgʻiziston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida Baxtiyor Saidov prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Bishkekdagi IESda yuz bergan avariya sabab Qirgʻizistonga zarur yordamni koʻrsatishga tayyorligini bildirgan.

Xususan, Oʻzbekiston tomoni yordam sifatida Andijondan Oʻsh shahriga suyultirilgan gaz ballonlari yuborilishini maʼlum qilgan.

"Oʻz navbatida Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev qoʻshni birodarlarcha gumanitar yordam koʻrsatishga tayyor mamlakatga samimiy minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing