Vashington NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratmoqda
Dunyo
Donald Tramp ma’muriyati NATO ichida qat’iy segregatsiya (ajratish) siyosatiga o‘tmoqda. Oq uy Vashingtonning Eronga qarshi harbiy kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan ittifoqchi davlatlarning maxfiy “qora ro‘yxati”ni tuzdi.
Politico nashri xabariga ko‘ra, ushbu hujjat ittifoqchilarni ularning sadoqat darajasi va jamoaviy mudofaaga qo‘shgan hissasiga qarab toifalarga ajratadi. Pentagon rahbari Pit Xegset AQShning niyatlari jiddiy ekanini tasdiqladi: o‘zini “namunali ittifoqchi” sifatida ko‘rsatgan davlatlar imtiyozlarga ega bo‘ladi, AQShni qo‘llab-quvvatlashdan bo‘yin tovlaganlar esa og‘ir oqibatlarga duch keladi.
Ushbu reytingni ishlab chiqish NATO Bosh kotibi Mark Ryuttening Vashingtonga yaqinda amalga oshirgan tashrifi arafasida yakunlangan. Vaziyat Trampning keskin ritorikasi bilan yanada og‘irlashmoqda — u Britaniya OAVlariga bergan intervyusida alyansni “qog‘oz yo‘lbars” deb atadi va AQShning tashkilotdan chiqishi mumkinligi haqida yana to‘xtaldi. The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, “yomon” ittifoqchilarni jazolashning eng keskin choralaridan biri Amerika qo‘shinlarini ularning hududidan butunlay olib chiqib ketish bo‘lishi mumkin. Bu qadam amalda NATOning hozirgi ko‘rinishida mavjud bo‘lishini so‘roq ostida qoldiradi.

Powered by Froala Editor