Vazirlikdagi o'zgarishlar: Mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi

O'zbekiston

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21-noyabr kuni bo'lib o'tgan majlisida Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga ma`qullangan edi. Kuni kecha Prezident matbuot kotibining rasmiy telegram sahifasida Mudofaa vaziri lavozmidan ozod etilgani haqida xabar berildi. Unga ko'ra:

Vazirlikdagi o'zgarishlar: Mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan tegishli farmonlar bilan:

Bahodir Nizamovich Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi;

Shuxrat Gayratjanovich Xalmuxamedov O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi;

Abdusalam Abduvlanovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o'tkazildi, deb rasmiy ma'lumot berildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing