Vengriya o‘zbekistonlik talabalar uchun ajratiladigan kvotani ikki baravar oshirdi
O'zbekiston
17-iyul kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Vengriya Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi doirasida Stipendium Hungaricum dasturi bo‘yicha Hamkorlik memorandumiga qo‘shimcha bayonnoma imzolandi. Ushbu hujjatga muvofiq, Vengriya har yili O‘zbekiston fuqarolari uchun ajratadigan stipendiyalar soni 200 taga yetkaziladi.
Mazkur kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi hamda o‘zbekistonlik yoshlarga Vengriyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
2018-yildan buyon bu dastur orqali 400 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar Vengriya universitetlarida tahsil olgan. Stipendium Hungaricum dasturiga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda, bu esa kvotalarning ko‘paytirilishiga sabab bo‘ldi. Ta’lim yo‘nalishlari O‘zbekiston iqtisodiyotining ehtiyojlaridan kelib chiqib tanlanadi. O‘quv jarayoni ingliz yoki venger tillarida olib borilishi mumkin.
Muhimi, bu dastur Vengriya hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi: o‘qish haqi, turar joy, tibbiy xizmat va oylik stipendiya qamrab olinadi. Talabalar faqat aviachiptani o‘z hisobidan xarid qilishadi.
Imzolangan qo‘shimcha bayonnomaga muvofiq, tanlov jarayonida shaffoflik va adolat tamoyillariga alohida e’tibor qaratiladi.

Powered by Froala Editor