Vladimir Putin Aleksandr Lukashenkoni qayta saylangani bilan tabrikladi

Dunyo

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni qayta saylanishi munosabati bilan tabrikladi. Mazkur tabrik matni 27-yanvar kuni Kremlning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenkoni qayta saylangani bilan tabrikladi
Putin Lukashenkoni qalbdan tabriklab, uning saylovlarda erishgan yirik g‘alabasi siyosiy obro‘-e’tibori va Belarus aholisi tomonidan davlat kursiga bo‘lgan ishonchning yaqqol isboti ekanligini ta’kidladi.

Putin o‘z murojaatida Moskva va Minsk o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida olib borilgan ishlarni yuqori baholab, ushbu hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi. U, xususan, Rossiya va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, Ittifoq Davlati institutlarining samaradorligini oshirish va Yevroosiyo mintaqasidagi integratsion jarayonlarni ilgari surish masalalariga alohida urg‘u berdi. “Hurmatli Aleksandr Grigoryevich,” deb boshlangan telegrammada,

“Sizni Rossiya zaminida har doim aziz va qadrli mehmon sifatida kutib olishimizdan mamnunmiz. Avval kelishganimizdek, Sizni yaqinda Moskvada ko‘rishni intizorlik bilan kutaman,” — deya xulosa qildi Vladimir Putin.

Uning tabrigida Lukashenkoga Belarus xalqi farovonligi yo‘lida davlat boshqaruvidagi yangi yutuqlar, mustahkam sog‘liq va farovonlik tilaklari ham izhor etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing