Xabi Leym raqamli obrazini qariyb 1 mlrd dollarga sotdi
Dunyo
Dunyoning eng mashhur TikTok blogeri Xabi Leym shaxsiy brendi va raqamli obrazidan foydalanish huquqlarini deyarli 900 million dollarga topshirib, inflyuenserlar bozorida rekord bitim tuzdi.
Mashhur TikTok blogeri Xabi Leym uch yil muddatga shaxsiy brendi va raqamli obrazidan foydalanish huquqlarini qariyb 900 million dollarga topshirdi. Eksklyuziv huquqlar Rich Sparkle Holdings kompaniyasiga berildi.
Kelishuvga ko‘ra, Leym obrazi reklama, media kontent va mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Shuningdek, blogerning sun’iy intellektga asoslangan avatari yaratiladi. Ushbu raqamli nusxa 24/7 rejimda, turli tillarda jonli efirlar olib borib, Leymning mimikasi va xatti-harakatlarini takrorlay oladi.
Bitim Step Distinctive Limited kompaniyasidagi ulushning bir qismini sotishni ham o‘z ichiga oladi, biroq Xabi Leym nazorat paketi egasi bo‘lib qoladi.
Senegalda tug‘ilgan Xabi Leym 360 millionga yaqin obunachiga ega bo‘lib, COVID-19 pandemiyasi davrida murakkab layfhaklarni so‘zsiz, kinoyali tarzda masxara qilgan videolari orqali jahon miqyosida mashhurlikka erishgan.

Powered by Froala Editor