Xitoy dunyodagi eng katta qarz yig'uvchi davlatga aylangan

Iqtisodiyot

XXR 2000-yildan 2021-yilgacha bo'lgan davrda rivojlanayotgan mamlakatlarga 1,34 trillion dollar qarz bergan. Bu pullarning asosiy qismi “Bir kamar - bir yo'l" loyihasi bilan bog'liq ishlar uchun berilgani aytilmoqda.

Xitoy dunyodagi eng katta qarz yig'uvchi davlatga aylangan
Xitoy "Bir kamar - bir yo'l" tashabbusi orqali 1 trillion dollardan ortiq qarz bergan boʻlib, dunyodagi eng katta qarz yig'uvchi davlatga aylangan. Kreditlarning taxminan 80 foizi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan mamlakatlarni qo'llab-quvvatlash uchun berilgan. Bu haqda “AidData” tadqiqotchilari tomonidan e'lon qilingan hisobotda ma’lum qilindi.

"Pekin dunyoning eng yirik rasmiy qarz yig'uvchisi sifatida notanish va noqulay rolni bajarmoqda" deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, qarz olgan rivojlanayotgan mamlakatlar Xitoydan ustama foizlarini hisobga olmagan holga kamida 1,1 trillion dollar qarz hisoblanadi.

Xitoy tomonining ma'lumotlariga ko'ra, 150 dan ortiq mamlakat 2013-yilda Prezident Si Szinpin tomonidan boshlangan “Bir kamar - bir yoʻl” loyihasiga qoʻshilgan.

Xitoyning 165 ga yaqin mamlakatdagi 21 000 ga yaqin loyihani moliyalashtirishi bo'yicha to'plangan ma'lumotlarga asoslanib, “AidData” Pekin hozirda past va o'rta daromadli davlatlarga yiliga 80 milliard dollar atrofida yordam va kredit ajratayotganini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing