Xitoy harbiy mashg'ulotlarni boshlaganidan keyin Tayvan o’z qo'shinlarini safarbar qilmoqda

Dunyo

Tayvan harbiylari Xitoyning orol atrofidagi ikki kunlik harbiy mashg‘ulotlariga javoban safarbarlik e’lon qilib, o‘z hududini himoya qilishga tayyorligini bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Xitoy harbiy mashg'ulotlarni boshlaganidan keyin Tayvan o’z qo'shinlarini safarbar qilmoqda
Payshanba kuni ertalab boshlangan mashqlar Tayvanning yangi prezidenti Lay Ching-te’ning Pekin qarshi bo'lgan inauguratsiyasidan so'ng amalga oshirildi.

Xitoy xalq ozodlik armiyasi Tayvan bo‘g‘ozi va Tayvan nazoratidagi orollar yaqinida quruqlik, dengiz va havo qo‘shma mashg‘ulotlarini e’lon qildi. Tayvan mudofaa vazirligi ushbu mashqlarni qoraladi va qo'shinlari Xitoy harbiylarining harakatlarini kuzatayotganini tasdiqladi.

Prezident idorasi Xitoyning harakatlarini Tayvan demokratiyasi va mintaqaviy barqarorlikka tahdid sifatida tanqid qildi, ammo fuqarolarni orol xavfsizligiga ishontirdi. Tayvan rasmiylari mashg'ulotlar o’tkazilishini oldindan bilishganini va ular Xitoy faoliyati haqida to'liq ma'lumotga ega ekanligini ta'kidladilar.

Tarang vaziyatga qaramay, Tayvanda hayot tinchligicha qolmoqda, fond indeksi biroz ko'tarilgan. Mashg'ulotlar atigi ikki kun davom etishiga qaramay, mashg'ulotlarning ko'lami avvalgilariga qaraganda katta, chunki u Tayvanning olis orollarini qamrab olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing