Xitoy olti davlat fuqarolari uchun vizasiz sayohatni joriy qildi

Dunyo

Joriy yilning 1-dekabridan boshlab Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Fransiya, Germaniya va Malayziya fuqarolari Xitoyga vizasiz sayohat qilishi mumkin.

Xitoy olti davlat fuqarolari uchun vizasiz sayohatni joriy qildi
1-dekabrdan Xitoy hukumati Yevropa Ittifoqining besh aʼzosi (Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Fransiya va Germaniya) hamda Malayziya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ma'lum qildi.

Uning navbatdagi brifingda aniqlik kiritishicha, ushbu davlatlar uchun vizasiz sayohat 2024-yilning 30-noyabriga qadar eksperimental asosda amal qiladi. "Xitoy intensiv rivojlanish va yuqori darajadagi ochiqlikni saqlab qolish uchun XXR va tashqi dunyo o'rtasidagi odamlarning harakatini osonlashtirish uchun bir tomonlama vizasiz rejim ko'lamini kengaytirishga qaror qildi", deb tushuntirdi Mao Ning.

TIV rasmiy vakilining qoʻshimcha qilishicha, sanab oʻtilgan davlatlar vakillari oddiy pasportga ega boʻlgan holda vizasiz Xitoyga xizmat va sayyohlik safarlarini amalga oshirishi, qarindoshlari va doʻstlari bilan uchrashishlari mumkin boʻladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing