Xitoy Osiyo davlatlari bilan qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazadi
Dunyo
Xitoy janubi-sharqiy Osiyoning beshta davlati bilan noyabr oyi o‘rtalari va oxiriga qadar qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Xitoyning janubiy Guandun provinsiyasida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda Kambodja, Laos, Malayziya, Tailand va Vyetnam kuchlari ishtirok etadi.
Xitoy kecha, 12-noyabr kuni Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining (ASEAN) besh a'zo davlati bilan terrorizmga qarshi kurash va dengiz xavfsizligiga qaratilgan qo'shma harbiy mashg'ulotlar o'tkazishini e'lon qildi.
Xitoy Milliy Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, “Aman Youyi 2023” mashg‘ulotlari noyabr oyining o‘rtalaridan oxirigacha Janubiy Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Changjiang qirg‘oqlarida bo‘lib o‘tadi.
Mashg'ulotlarda ASEAN a'zolari — Malayziya, Tailand, Vyetnam, Kambodja va Laos ishtirok etadi.
Mashqning maqsadi mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta'minlash uchun ishtirokchi davlatlar o'rtasida shahar va dengiz sharoitida terrorizm va qaroqchilikka qarshi kurash qobiliyatini oshirishdir.
"Aman" Youyi mashqlari Xitoy va Malayziya tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
Bu yil Xitoy 5-marta mashg'ulotlarga mezbonlik qiladi va Vyetnam, Kambodja hamda Laos birinchi marta ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor