"Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" magistral temir yo'l qurilishiga start berildi
O'zbekiston
Bugun, 2024-yil 27-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida mamlakatlarni yagona temir yo‘l liniyasi bilan bog‘laydigan "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘l magistrali qurilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Temir yo‘l qurilishining 2030-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda, shundan so‘ng u to‘liq quvvatda ishlay boshlaydi va Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida uzluksiz transport aloqasini ta’minlaydi.
Ushbu tarixiy voqea mintaqada iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish va uch mamlakat o‘rtasidagi transport aloqasini yaxshilashga qaratilgan eng yirik infratuzilma loyihalaridan birini amalga oshirishda muhim bosqich bo‘ldi.
"Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘l loyihasining umumiy uzunligi - 532,53 km. 20 ta temir yo‘l stansiyasi (ikkita istiqbolli), shu jumladan 2 ta chegara stansiyasi, 1 ta qayta yuklash stansiyasi, 4 ta oraliq stansiya va 13 ta razyezd qurilishi rejalashtirilgan.
Umumiy uzunligi 16,06 km bo’lgan 42 ta ko’prik, umumiy uzunligi 103,63 km bo’lgan 27 tunnel qurilishi ko’zda tutilgan bo’lib, ko’prik va tunnellarning umumiy uzunligi 119,69 km ni, ularning umumiy uzunlikka nisbati esa 39,3 %ni tashkil qiladi.
Marosimda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikalari, xalqaro tashkilotlar va temir yo‘l ma’muriyatlari vakillari ishtirok etdi.
Har uchala mamlakat prezidentlari ushbu loyihani ishga tushirilishidan mamnun ekanliklarini hamda kelajakda ushbu loyiha muhim iqtisodiy-siyosiy aloqalarni yanada mustahkamlashga tilakdosh ekanliklarini bildirishdi.

Powered by Froala Editor