Xitoyda eng tezkor internet ishga tushirildi
Texnologiya
Ma'lumot uzatish tezligi AQShdagi shunga o'xshash loyihalardan o'n baravar yuqori. U joriy yilning iyul oyida tarmoqqa ulangan.
Xitoyda soniyasiga 1,2 terabit rekord tezlikka ega internet kabeli ishlab chiqildi. Ushbu loyiha Sinxua universiteti va aloqa operatorlari o'rtasidagi hamkorlik natijasidir. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xitoyda ma'lumotlar uzatish tezligi soniyasiga 1,2 terabit bo'lgan dunyodagi eng yuqori optik tolali internet kabelidan foydalanish boshlangan. Bu bir soniyada 150 ta HD filmni uzatishga teng.
Uzunligi 3 ming kilometrdan ortiq bo'lgan kabel Pekin, Uxan va Guanchjouni bir-biriga bog'ladi. U joriy yilning iyul oyida tarmoqqa ulangan. Sinovlar tugagach, u to'liq ishlay boshladi.
“Ma'lumot uzatish tezligi AQShdagi shunga o'xshash loyihalardan o'n baravar yuqori. Olimlar bunday texnologiyalar 2025-yildan keyin paydo bo'lishini kutishgandi. Ushbu loyiha Xitoyda Cernet nomli ta'lim va ilmiy markazlar o'rtasida yuqori tezlikdagi internet aloqa tizimini ishlab chiqish doirasida amalga oshirildi. Ushbu ishning o'ziga xos xususiyati shundaki, barcha dasturiy ta'minot va uskunalar Xitoyda ishlab chiqarilgan”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor