Xitoyda tarixdagi eng katta shamol generatori quriladi

Texnologiya

Uning balandligi Eyfel minorasidek bo‘lishi kutilmoqda.

Xitoyda tarixdagi eng katta shamol generatori quriladi
Xitoyning "Ming Yang Smart Energy" kompaniyasi rotor diametri 310 metrdan ortiq bo‘lgan 22 megavattlik ulkan turbina qurish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg ma‘lum qildi.

Qayd etilishicha, bu insoniyat tarixidagi eng yirik mexanizmlardan biri bo‘lishi mumkin. Parraklar uzunligi va suv ustidagi zarur bo‘shliqni hisobga olgan holda, yangi shamol generatorining balandligi taxminan 330 metrni tashkil qiladi. Uni Eyfel minorasi bilan taqqoslash mumkin.

Rotorning ish maydon taxminan 75 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu 10 dan ortiq futbol maydoni yoki 60 ta olimpiya suzish havzasiga teng.

Ta'kidlanishicha, qurilmaning o‘lchami rekordlar ortidan quvish uchun emas, balki samaradorlik bilan izohlanadi. Uzunroq parraklar ko‘proq shamolni ushlaydi va ko‘proq quvvat ishlab chiqaradi. Katta turbinalar odatda shamol energiyasini ishlab chiquvchilar uchun xarajatlarni kamaytiradi.

"Ming Yang Smart Energy" 300 metrli turbinani 2024 yoki 2025-yilgacha ishga tushirishni rejalashtirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing