Xitoyda to‘rt nafar Kanada fuqarosi qatl etildi
Dunyo
Xitoy hukumati giyohvand moddalarni saqlashda ayblangan to‘rt nafar Kanada fuqarosini qatl etdi.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, qatl qilingan shaxslarning ismlari oshkor qilinmagan, biroq Kanada hukumati ularning hayotini saqlab qolish uchun harakat qilgan. Tashqi ishlar vaziri Melani Joli ham, sobiq bosh vazir Jastin Tryudo ham Xitoy rasmiylari bilan muzokaralar olib borgan, biroq bu sa’y-harakatlar natija bermagan.
Xitoy hukumati o‘z pozitsiyasini qat’iy himoya qildi. Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Nin «Xitoyda ayblanayotgan barcha millat vakillariga bir xil munosabatda bo‘linadi» deya ta’kidlab, Kanada hukumatidan Xitoyning sud suverenitetiga hurmat bilan yondashishni talab qildi.
Xitoy narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga nisbatan keskin siyosat yuritadi. U yerda bunday jinoyatlar uchun uzoq muddatli qamoq, umrbod qamoq yoki o‘lim jazosi belgilangan.
Amnesty International ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy dunyoda eng ko‘p qatl amalga oshiradigan davlatlardan biri. Aniq statistika ma’lum emas, biroq huquq himoyachilarining so‘nggi hisobotlariga qaraganda, 2023 yilda Xitoyda minglab odam o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Demokratik davlatlar o‘lim jazosini inson huquqlarining buzilishi sifatida qoralashadi, Xitoy esa buni o‘zining qonuniy huquqi deb biladi.

Powered by Froala Editor