Xitoylik olimlar 8 ta yangi noma’lum virusni topdi
Dunyo
Xitoylik olimlar tropik orolda yashiringan, ilgari inson zotiga noma‘lum bo‘lgan viruslarni topdi va ular odamlarga yuqishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Daily Mail nashri yozmoqda.
Xabarda aytilishicha, dunyoni bo'lajak pandemiyaga tayyorlash vazifasi yuklangan tadqiqotchilar Xitoyning janubiy qirg'og'ida joylashgan Xaynanda yashovchi kemiruvchilardan deyarli 700 ta namuna olgan.
Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtirilgan loyihada sakkizta yangi virus, shu jumladan bitta "Covid" bilan bir oilaga tegishli bo'lgan virus aniqlangan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, topilgan patogenlar turlar to'sig'ini yengib o'tgan taqdirda odamlarga yuqish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Ular viruslarning odamlarga ta'sirini aniqlash uchun ular ustida qo'shimcha tajribalar o'tkazishga chaqirmoqda.

Powered by Froala Editor