AQSh Rossiyani mikrochiplar bilan ta’minlagani uchun Xitoyning 42 kompaniyasiga sanksiya kiritdi

Siyosat

Shuningdek, Finlyandiya, Germaniya, Hindiston, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Buyuk Britaniyadan 7 ta kompaniya Rossiyaga Amerika mikrosxemalarini sotib olishga yordam bergani uchun eksport nazorati roʻyxatiga qoʻshildi.

AQSh Rossiyani mikrochiplar bilan ta’minlagani uchun Xitoyning 42 kompaniyasiga sanksiya kiritdi
AQSh Savdo vazirligi Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlagani uchun Xitoyning 42 kompaniyasini eksport nazorati ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Reuters AQSh Federal reestriga tayanib, xabar berdi.

Cheklovlar Rossiya Ukrainadagi tinch aholi nishonlariga hujum qilish uchun foydalaniladigan raketa va dronlarni boshqarish tizimlarida qoʻllaydigan Amerikada ishlab chiqarilgan mikrochiplarni yetkazib berish bilan bogʻliq.

Finlyandiya, Germaniya, Hindiston, Turkiya, BAA va Buyuk Britaniya kompaniyalari ham eksport nazorati ro‘yxatiga kiritilgan.

"Agar siz Rossiya mudofaa sektorini AQShda ishlab chiqarilgan texnologiya bilan ta'minlasangiz, biz buni bilib olamiz va chora ko'ramiz", degan AQSh Savdo vaziri o'rinbosari Metyu Akselrod.

Reuters agentligining qayd etishicha, eksport nazorati ro‘yxatiga kiritilgani, endilikda yetkazib beruvchilar reestrdagi obyektlarga tovarlarni jo‘natishdan oldin “olish qiyin bo‘lgan litsenziyalarni” taqdim etishlari kerakligini anglatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing