Xivada “Qovun sayli” oʻtkaziladi

O'zbekiston

Mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib etish, jumladan, Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida joriy yilning 9-11-avgust kunlari Xiva shahridagi “Ichan Qal’a” davlat muzeyi qo‘riqxonasi hududida “Qovun sayli” festivali tashkil etilmoqda.

Xivada “Qovun sayli” oʻtkaziladi
Festival doirasida mamlakatimiz agroturizm salohiyati namoyishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi, folklor jamoalari chiqishlari, konsert dasturlari, tasviriy san’at asarlari namoyishi, hunarmadchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, xalq o‘yinlari va boshqalar bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, “Qovun sayli” festivalining “Qovunchilikda eng yuqori daromad va hosildorlikka erishganlik uchun”, “Qadimiy an’anaviy Xorazm qovunlari navlarini tiklash”, “Qovunchilikda innovatsion texnologiyalar joriy qilganligi uchun” va “Eng ko‘p turdagi qovun yetishtirgan hudud” kabi nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlariga viloyat hokimligi tomonidan diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.

Eslatib o’tamiz, Xiva shahrida IHTga aʼzo – Turkiya, Senegal, Somali, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Uganda, Ozarbayjon, Bangladesh, Burkina-Faso, Gabon, Misr, Iroq, Liviya, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Maldiv orollari, Ummon, BAA va boshqa bir qator mamlakatlarning turizm rasmiylari ishtirokida Islom hamkorlik tashkilotining Turizm bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining majlisi o‘tkazildi.

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlardan biri va eng yirik xalqaro islom tashkilotidir. IHT 1969-yil 25-sentyabrda Marokash poytaxti Robotda o'tkazilgan islom davlatlari rahbarlarining birinchi yig'ilishida tashkil etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing