Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlari keskinlikni kuchaytirmoqda – Stoltenberg

Dunyo

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Koreyaning ballistik raketa texnologiyasidan foydalangan holda harbiy sun’iy yo‘ldosh uchirilishini qoralagan bayonot berdi.

Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlari keskinlikni kuchaytirmoqda – Stoltenberg
"Bu keskinlikni kuchaytirib, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi. Shimoliy Koreya oʻzining beparvo xatti-harakatlarini bas qilishi, yadroviy va ballistik raketa dasturlarini tark etishi, vijdonan diplomatiya bilan shugʻullanishi kerak", dedi Shimoliy Atlantika alyansi rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning harakatlari BMT Xavfsizlik kengashining ko‘plab rezolyutsiyalariga ziddir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing