Yakuniy qaror! Lionel Messi “Inter Miami”ga o'tdi

Sport

Bir hafta oldin 35 yoshli Messi 2021-yildan buyon o'ynab kelayotgan Fransiyaning "PSJ" klubini tark etishi ma'lum bo'lgandi.

Yakuniy qaror! Lionel Messi “Inter Miami”ga o'tdi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerikaning “Inter Miami” klubiga o'tadi. Bu haqda futbolchining o'zi ma'lum qildi.

"Men Mayamiga ko'chib o'tishga qaror qildim... Kelishuv 100% hal qilinganmi yoki nimadir yetishmayaptimi, hali ishonchim komil emas. Lekin, ha, men mazkur jamoada yo'limni davom ettirishga qaror qildim”, deya futbolchining so'zlarini keltirdi Ispaniyaning Marca nashri.

Bir hafta oldin 35 yoshli Messi 2021-yildan buyon o'ynab kelayotgan Fransiyaning "PSJ" klubini tark etishi ma'lum bo'lgandi. Futbolchi "Barselona"ga qaytishi yoki Saudiya Arabistonidagi klublardan biriga o'tishi haqida mish-mishlar ham tarqagandi.

“Inter Miami” — Amerika futbol klubi. U Devid angliyalik sobiq futbolchi Bekxem boshchiligidagi investorlar guruhiga tegishli.

Deyarli butun faoliyati davomida Lionel Messi "Barselona"da o'ynagan, unda o'n marta Ispaniya chempioni bo'lgan, yetti marta Ispaniya kubogi va to'rt marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. “PSJ” bilan birgalikda Messi ikki marta Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Argentina terma jamoasi tarkibida 2022-yilda jahon chempioniga aylangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing