“Yandex Go” xizmat narxini keskin oshirganligi sababli ogohlantirildi

O'zbekiston

So'nggi vaqtlarda "Yandex Go" platformasi orqali, taksida yo'lovchi tashish xizmatlari narxlari oshishi kuzatilmoqda. Ushbu holat yuzasidan iste'molchilardan Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasiga murojaatlar kelib tushgan.

“Yandex Go” xizmat narxini keskin oshirganligi sababli ogohlantirildi
Mazkur holatlar yuzasidan Raqobat qo'mitasi tomonidan, platformaning dekabr oyidagi dastlabki 10 kunlik xizmat narxlari monitoring qilinganda, narxlar dinamikasida keskin o'zgarish kuzatilganligi aniqlangan.

“Raqobat to'g'risidagi” qonunga asosan, ustun mavqega ega deb e'tirof etilgan xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustun mavqeini suiiste'mol qilish, xususan monopoliya yuqori narx belgilash taqiqlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raqobat qo'mitasi “YandexGo UB” MChJni taksida yo'lovchi tashish xizmatlari narxlarini pasaytirish bo'yicha chora ko'rish hamda platforma narx algoritmini qayta ko'rib chiqishi bo'yicha ogohlantirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing