Yahyo Sinvar yangi Hamas rahbari etib tayinlandi

Dunyo

Hamas siyosiy qanotining yangi rahbari aniqlandi. O‘tgan hafta Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniyaning o‘rniga Yahyo Sinvar tayinlandi. U ilgari G‘azo sektoridagi Hamas siyosiy byurosini boshqargan.

Yahyo Sinvar yangi Hamas rahbari etib tayinlandi
"Hamas Islomiy qarshilik harakati siyosiy qanotning yangi rahbari sifatida Yahyo Sinvarni tayinlashini e'lon qiladi," — deyiladi guruhning seshanba kuni tarqatilgan bayonotida.

Yahyo Sinvar 2017-yildan beri G‘azo sektoridagi Hamas rahbari edi. U uch marotaba Isroil qamoqxonasida bo‘lgan, oxirgi marta u to‘rt umr qamoq jazosini o‘tashi kerak edi.

U ozodlikka Isroil askari Gilad Shalit bilan almashinuvda, mingga yaqin mahbuslar qatorida chiqib ketgan edi. Shalit bir necha yil davomida falastinliklarning asirligida bo‘lgan.

Ko‘plab tahlilchilar fikriga ko‘ra, aynan Sinvar o‘tgan yilning 7-oktyabrida Isroilga qaratilgan uyushgan hujumlar seriyasining asosiy tashkilotchisi va strategiyachisi bo‘lgan, bu hujumlar natijasida taxminan 1200 kishi halok bo‘lgan.

Isroil tashqi ishlar vaziri Yisrael Kats seshanba kuni kechqurun Sinvarni "tezroq yo‘q qilish"ni talab qildi. "Ismoil Haniyaning o‘rniga yangi Hamas rahbari sifatida tayinlangan Yahyo Sinvarni yo‘q qilish — bu yovuz tashkilotni yer yuzidan yo‘q qilish uchun yana bir aniq sababdir," — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing