Yangi yildan boshlab Toshkentda jamoat transport narxlari oshadi
O'zbekiston
2025 yil 1 yanvardan boshlab, Toshkent shahrida avtobus va metro uchun naqd puldagi yo'lkira narxi oshishi kutilmoqda. Bu haqida Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahar jamoat transport tizimida elektron to'lov tizimini rag'batlantirish tog’risida”gi qaror loyihasida e'lon qilindi.
“2025 yilning 1 yanvaridan e'tiboran shahar jamoat transporti avtobuslar salonida naqd pul shaklida to'lov qilish imkoniyati cheklanadi. Buning uchun bugungi kunda avtobuslar va bekatlarda o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish uchun maxsus shoxobchalar tashkil etiladi.
Ushbu shoxobchalar orqali yo'lovchilar o'zlarining naqd pullariga bir martalik chiptalarni sotib oladi. Avtobuslarda esa mana shu chiptalarni o'qish uchun maxsus moslamalar o'rnatilgan bo'ladi. Shu orqali yo'lovchilar to'lovlarni amalga oshirishi rejalashtirilmoqda.
Joriy etilayotgan yangi tartibga ko'ra:
Naqd to'lov bilan bir martalik yo'lkira narxi – 3 000 so'm,
Elektron to'lov tizimi orqali to'langanda esa – 1 700 so'm qilib belgilanadi.
Yana bir muhim yangilik, 1-noyabrdan boshlab bir qator tijorat banklari tomonidan chiqarilgan UZCARD 5614***, 6262***, 5440**** (raqam bilan boshlanuvchi) indeksli bank kartalari bilan to’lov qilganingizda, mahsus transport kartalari (ATO) kabi 1700 so’mdan yo’l haqqi yechib olinadi.

Powered by Froala Editor