Yaponiya Imperatori Abdulaziz Komilovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi

Dunyo

Yaponiya Imperatori Naruxito O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovni “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotladi. Mukofot Komilovga Imperatorning Tokiodagi qarorgohida tantanali tarzda topshirilgan.

Yaponiya Imperatori Abdulaziz Komilovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi
“Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni — Yaponiyaning eng qadimiy mukofotlaridan biri hisoblanib, Abdulaziz Komilovga davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun berildi.

Ordenni Yaponiya imperatori Naruxito bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi. Orden Yaponiyadagi eng qadimgi (1875 yildan beri beriladi) va mamlakatning eng oliy mukofoti hisoblanadi.

Tadbirda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda ushbu mukofot bilan Sodiq Safoyev, 2022 yilda esa Aziz Abduhakimov mukofotlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing