Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi

Dunyo

Rossiyaning 29 kompaniyasi, 3 ta banki hamda 11 nafar jismoniy shaxsiga nisbatan Yaponiya sanksiyalar e’lon qildi. Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu chora Rossiyaning xalqaro majburiyatlarini buzganligi sababli amalga oshirilmoqda. Sanksiyalar 23 yanvardan kuchga kiradigan 22 ta Rossiya tashkiloti va 335 nomdagi mahsulotga nisbatan eksport cheklovlarini ham o‘z ichiga oladi.

Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi
Sanksiyalanganlar ro‘yxatida Rossiyaning yetakchi tashkilotlari va biznes vakillari mavjud. Xususan, “Alrosa” Bosh direktori Pavel Marinichev, “Rostex” Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Vladimir Artyakov, PSV Technologies rahbari Sergey Petrov va Aleksinskiy kimyo zavodi hamda bir qator mashinasozlik kompaniyalari sanksiyalangan. Shu bilan birga, SMRBank, RFK Bank va Timer Bank kabi banklarga ham cheklovlar qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Yaponiya sanksiyalarini nafaqat Rossiyaga, balki boshqa davlatlarga ham kengaytirdi. Jumladan, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Tailand kompaniyalari va bir nechta boshqa davlatlar ham tatbiq etgan. Shuningdek, Turkiya va Gruziyaning MRB Bank kredit tashkiloti ham ro‘yxatga kiritilgan.

Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalari 2024 yilning noyabrida sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatadigan statistikalar mavjud. TASS agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, tovar ayirboshlash 15,9 foizga qisqarib, 650 million dollarga teng bo‘lgan. Shu bilan birga, Yaponiya plastmassa eksporti va mototsikllar, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar hamda tibbiy asboblar eksportini oshirishni davom ettirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing