Yaqin Sharqdagi keskinlik ortib borishi fonida neft narxi ko'tarilib ketdi

Iqtisodiyot

Bugun neft narxi ko'tarildi, Osiyo bozorlari esa pasaydi: jahon sarmoyadorlari Eronning Isfahon shahri yaqinida portlashlar sodir bo'lganidan keyin Yaqin Sharqdagi mojaro avj olishidan xavotirda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Yaqin Sharqdagi keskinlik ortib borishi fonida neft narxi ko'tarilib ketdi
AQShning xom neft fyucherslari 2,1%ga oshib, Osiyoning ertalabki savdolarida bir barrel uchun $84,5ni tashkil qildi. Brent nefti — jahon neft ko'rsatkichi 2%ga o'sdi.

Oltin bahosi treyderlar xavfsiz aktivlarga oshiqqani tufayli ko’tarilib ketdi, fyucherslar Osiyo soatlarida qisqa vaqt ichida 1%ga oshib, unsiya uchun $2422,4ni tashkil etdi.

Bugun ertalab bitkoin narxi $60 000dan pastga tushdi, chunki xavfli aktivlarga “ishtaha pasaydi”. Biroq, tushlikdan keyin u yo'qotishlarni qisman tikladi va $62,406ga sotildi, ammo avvalgi sessiyaga nisbatan 2%ga past bo'lib qoldi.

Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi 2,6%ga pasaydi. Janubiy Koreyaning Kospi’si 2,3% yo'qotdi. Gonkongning Hang Seng indeksi 1,3%ga kamaydi. Xitoyning Shanghai Composite indeksi 0,4%ga kamaydi.

Biroq, neft yetkazib beruvchilarning aksiyalari bozorning umumiy pasayish tendensiyasiga zid ravishda ko'tarildi.

Gonkongda Osiyodagi eng yirik neft va gaz yetkazib beruvchi PetroChina 2,3%ga o'sdi. Xitoyning eng yirik xom neft ishlab chiqaruvchisi CNOOC 2,8%ga oshdi. Dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash kompaniyasi Sinopec indeksi 1,3%ga oshdi.

Tokioda Cosmo Energy qayta ishlash kompaniyasining ko’rsatkichlari 1,5%ga, energiya giganti Eneos Corp indeksi esa 0,7%ga oshdi. Seulda S-Oil Corp 2,1%ga oshdi.

Bugun Isroil Eron ichida hujum uyushtirdi, dedi AQSh rasmiysi CNN telekanaliga bergan intervyusida. Bu mintaqani mojaroga olib kelishi hech gap emas. Isroil harbiylari CNN ulardan Eronda sodir bo'lgan portlashlar haqida xabar berishni so'raganida, "hozircha hech qanday izoh yo'qligini" aytishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing